Birlashgan Arab Amirliklarida uy xizmatchisi, enaga va oshpazlik qilish istagida bo`lgan ayollar uchun tanlov e`lon qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Joriy yilning 14-18 iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining «TadBeer – Alreaya Typing Service» kompaniyasi vakillari tomonidan ushbu davlatda uy xizmatchisi, enaga va oshpazlik sohalarida ishlash uchun fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan o`tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Fuqarolardan quyidagilar talab etiladi:

 25-48 yosh oralig`ida bo`lishi;

Реклама на Unews

  • Uyni toza tutish, uy tozalash jihozlari bilan ishlay olish, bolalar va yoshi katta insonlar bilan kirishimli bo`lishi;
  • Arab va ingliz tillarini bilishi (majburiy emas);

 

Barcha xarajatlar, xususan aviachipta, turar joy, 3 mahal ovqatlanish, transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Oylik ish haqi  400 AQSh dollari miqdorida.

Реклама на Unews

Birlashgan Arab Amirliklarida ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan mazkur tanlovda xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari so`raladi.

Tanlov ish beruvchining talabi asosida barcha viloyat fuqarolari uchun Agentlikning viloyatlardagi filiallarida o`tkaziladi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqamlar 40, 77, 88), 71 200-00-61 yoki 1282.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tishingiz kerak bo`ladi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий