Bir kechada 276 ta kasallanish va 2 o‘lim qayd etildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bugun, 6 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 276 nafarga oshib, 28 069 (+276) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 147 nafari Toshkent shahrida, 129 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Ayni paytda O‘zbekistonda 18 783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 113 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий