«Aravani tortmasa ketishi kerak». Prezident amaldorlarning ishdan olinishi haqida

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Shavkat Mirziyoyev 10 kun ichida ikki nafar vazir hamda bir nechta vazir o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatilganiga to‘xtalib o‘tdi. Qolaversa, davlat rahbari ikki nafar bosh vazir o‘rinbosarlarining «oxirgi xayfsan bilan zo‘rg‘a ishda qolganini» aytdi. «Aravani tortmasa ketishi kerak», — dedi prezident.

15 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt tumanlarining hokimlari va sektor rahbarlari, shuningdek, Yunusobod tumani mahalla faollari hamda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Davlat rahbari 10 kun ichida ikkita vazirni (uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov) ishdan olganini, qolaversa, bir nechta vazir o‘rinbosarlari bo‘shatilganini ta’kidladi — suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari — Baxodir Ro‘ziboyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Saidkamol Xodjayev va Botirjon Sulaymonov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov, transport vaziri o‘rinbosari Davron Dehqonov.

Bundan tashqari, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazirning ikkita o‘rinbosari «oxirgi xayfsan bilan zo‘rg‘a ishda qoldi». Kim haqida gap borayotganiga aniqlik kiritilmadi.

Реклама на Unews

«Nimaga? Aravani tortmasa ketishi kerak. Ketish kerak. Aravani tortish uchun mahalliy hokimiyat idoralari fidoiy bo‘lishi kerak. Ularga nisbatan mahalla raisi 10 karra fidoiy bo‘lishi kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Yunusobod tumanining 63 ta mahalla raislariga (ularning ikki nafari vakant) murojaat qilib, «uyg‘onish» va «esnash»ni bas qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalla raislari davlat organlaridan joylardagi muammolarni hal etishni talab qilishi zarur.

Shavkat Mirziyoyev mahalla raisi — «prezident bilan xalqni o‘rtasida ko‘prik» yaratadigan prezident vakili ekanini ta’kidladi.

«Yo adolatli, yo xiyonatli, lekin ikkovi ham ko‘prik bo‘ladi. Qanday ko‘prik bo‘lgani mahallaning ishiga bog‘liq. Shuning uchun mahalla raisi endi jamiyatimizning ko‘zgusi, adolati hamda ertangi kunga ishontiradigan kuch bo‘ladi. Shunga loyiq bo‘la olamizmi? Agar bo‘la olsak, marra bizniki. Bo‘la olmasak, shiddat bilan o‘tib ketayotgan zamonda biz ko‘p narsani yo‘qotib qo‘yamiz. Ming afsus, lekin nevaramizni ko‘ziga qara olmaymiz», — dedi davlat rahbari.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий