Andijon va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.N. ikki nafar fuqaroni Andijon davlat universitetiga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 11 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Bag‘dod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan K.X. fuqaro D.ni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий