22 yoshli qiz Qo'yliq dahasida harbiy qismda portlovchi uskuna haqida xabar berdi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Toshkent shahri Qoʻyliq dahasidagi 21-sanchastga bomba qoʻyilgani haqida yolgʻon maʼlumot bergan qiz qidirilmoqda. Bu haqda «Tez News»ning IIBBdagi manbalari xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Navbatchilik qismining 102 raqamiga 30 sentyabr, chorshanba kuni soat 18:11 da qoʻngʻiroq boʻlgan. Telefonda oʻzini Uchtepa tumani 25-daha 5-uy 4-xonadonda yashovchi 1999 yilda tugʻilgan X.M. deya tanishtirgan fuqaro tanishlari 1974 yilda tugʻilgan SH.I. va uning turmush oʻrtogʻi Kompass savdo majmuasi oldida oʻzaro gaplashib oʻtirgan vaqtida 21-sonli sanchast tarafdan portlovchi modda qoʻyib qoʻyishganligi haqida eshitganligi haqida xabar bergan.

Mazkur xabar boʻyicha olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida qoʻngʻiroq qilingan raqam egasi Shayxontohur tumanida joylashgan «Samarqand darvoza» savdo majmusida sotuvchi boʻlib ishlovchi xodimga tegishli ekanligi aniqlangan.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, raqam egasining oldiga notanish qiz kelib, qoʻngʻiroq qilib olish uchun telefonini soʻragan.

Surishtiruv ishlari davomida qoʻngʻiroq qilgan qiz Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani «Mashʼal» MFY Abay Mamt koʻchasi 59-uyda yashovchi, millati qozoq, maʼlumoti oʻrta, turmushga chiqmagan, vaqtincha ishsiz, 1998 yilda tugʻilgan I.A. ekanligi aniqlangan.

Hozirda A.I.ni ushlash choralari koʻrilmoqda.

Реклама на Unews

Fuqaro A.I.ning videotasma yozuvlaridan olingan hozirgi tashqi koʻrinishi: sochlari orqaga yigʻilgan, rangi qora, egnida kulrang (kardigan) jemfer va ichidan qora oldida rasmi bor futbolka, havo rangli jinsi shim, oyogʻiga qora makasima kiygan.

Maʼlumot uchun, A.I. muqaddam 2017 yilda Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan sudlangan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


5 комментарии

Написать комментарий
  1. 02-10-2020 Sardor

    Jiddiy xolat bu , bu qiz yolgon xabarni pul uchun qilgani korinib turibdi, eng qizigi unga bu ish uchun Kim xaq tolagan miyyasini Kim chalgitgan asosiysi shu , Davlatimiz kuchli buni yaqin orada bilamiz degan umitdaman !

    Ответить на этот комментарий
  2. 02-10-2020 Shahzod

    Umida organ xodimlari ahmoq emas tel kimga tegishli ekanligini bilishadi demak togri qidiruv ishlari olib borilyapti. Habar berishsin bizga ham ushlashsa

    Ответить на этот комментарий
  3. 02-10-2020 Mohi Rahimova

    Manimcha bunday jirkanch iwla qiz bolaga yarawmaydi .yow bola turib 2- martta sudlaniw bu aqlga sigmaydii.

    Ответить на этот комментарий
  4. 01-10-2020 Nasiba

    Assalomu aleykum Mani fikrimcha shunaqa loqayd kimsalarni db koplab falokatlar yuz bermoqda

    Ответить на этот комментарий
  5. 01-10-2020 Umida

    Salom menimcha telefon qilgan insonxam ubilan bo'liwi munkin nega desangiz qiz teldan fodanetganida u ewitgan nega so'ramagan wuvwuv qimagan telni egasi menimcha erkak kiwi

    Ответить на этот комментарий

Написать комментарий

просмотреть все комментарии