1-sinfga chiqadigan nabiramni maktabga joylashtirish uchun qachon olib chiqsam bo`ladi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bu yil nabiram 7 yoshga to`lib, maktabning 1-sinfiga chiqadi, qachon nabiramni maktabga joylashtirish uchun olib chiqsam bo`ladi?  

Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Ushbu savolga Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov telegramdagi rasmiy sahifasi orqali quyidagicha javob berdi: 

Реклама на Unews

" Amaldagi tartibga ko`ra, har yili 1 iyundan 31 avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to`g`ridan-to`g`ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan.  Karantin sharoitida    buni amalga oshirish, ya`ni ota-onalarning ta`lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta`minlash muammo yuzaga keladi.

Ushbu masalada ham Xalq ta`limi vazirligi o`z takliflarirni ishlab chiqmoqda.  

O`zbekiston respublikasi prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprelda o`tkazilgan 28-sonli yig`ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib, hamda  pandemiya ta`siri to`liq bartaraf  etilguniga qadar  1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko`chirish belgilangan . Buning natijasida:

Реклама на Unews

1. Ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to`liq rioya etilishi ta`minlanadi.

2. Iyun oyida umumta`lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan, oliy o`quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlaydi.

1-sinfga qabul jarayonlari boshlanganidan so`ng, maktab ma`muriyati orqlai qo`shimcha ma`lumot olishingiz mumkin."

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий