Uzbekistan Airways samolyoti Seuldan $192 minglik insonparvarlik yordami olib keldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

10 may, yakshanba kuni bortida umumiy qiymati 192 ming dollarga yaqin tibbiy vositalar shaklidagi navbatdagi insonparvarlik yuki ortilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasining charter samolyoti Seuldan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ushbu insonparvarlik yordamining miqdori 8 tonnaga yaqin.

Реклама на Unews

Qimmatli yuk tarkibiga avtomatik boshqariladigan ko‘p funksiyali tibbiy karavotlar, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, tibbiy niqoblar, inson immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladigan ozuqaviy qo‘shimchalar kiritilgan.

Insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning “BOMI Engineering”, “LH Corporation”, “Evergreen Motors”, “Infinity Co., Ltd.” kompaniyalari, Shinxan universiteti hamda ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar va o‘zbekistonlik talabalar tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, Sardoba texnogen halokati jabr ko‘rgan oilalar uchun Koreyadagi vatandoshlar tashabbusi bilan, elchixonamiz ko‘magida $18,5 mingdan ziyod mablag‘ yig‘ilib 4 may kuni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib berilgandi.

Реклама на Unews

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ushbu xayrli aksiyani davom ettirib, shu kunlarda 26 ming dollardan ziyod mablag‘ni jamlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘mak ham “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi.

Asalhoneyning o‘z uyida kaltaklanishi va tanasi skotchlab ketilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi (video) 

Uxanda koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda

La Ligaga qachon start berilishi ma’lum bo‘ldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий