BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ulug`bek Rashitov Osiyo chempioni bo`ldi (video)

 -68 kg vazn toifasida Ulug`bek Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimga qarshi dayanga chiqdi va ikkala raundda ham g`alabaga erishib, Osiyo chempioniga aylandi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Rashitov musobaqani nimchorak finaldan boshladi va falastinlik Fahid Abdulrazoqni 2:0 hisobida taslim qildi. Shundan so`ng chorak finalda mo`g`ulistonlik, yarim finalda eronlik sportchini mag`lub etildi – 2:0.

 

Eslatib o`tamiz, sanoqli daqiqalardan so`ng -53 kg vazn toifasida o`zbekistonlikCharos Qayumovaga ham qit`a chempionligi uchun bahs olib boradi.

Fikr qoldiring