Toshkentdagi janjal videosiga aniqlik kiritildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, quyidagilar aniqlandi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 mart kuni taxminan soat 22.30 larda Yangihayot tumani, Yangihayot 10-hududdagi mini futbol stadionida, futbol o‘ynash uchun kelgan voyaga yetmagan bolalar futbol maydonini talashib o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Janjalni ko‘rgan ota-onalar farzandlarini chaqirib uyiga olib kirib ketgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий