Toshkentda voyaga etmagan bolalar o`rtasida yuz bergan janjalning sabablari mu`lum qilindi
710 27-03-2023 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqaro o`zaro janjallashganligi aks etgan video yuzasidan tekshiruv o`tkazib, quyidagilarni aniqladi.
Ma`lum qilinishicha, janjal joriy yilning 26 mart kuni taxminan soat 22.30 larda Yangihayot tumani, Yangihayot 10-hududdagi mini futbol stadionida sodir bo`lgan. Futbol o`ynash uchun kelgan voyaga etmagan bolalar futbol maydonini talashib o`zaro og`zaki janjallashgan. Janjalni ko`rgan ota-onalar farzandlarini chaqirib uyiga olib kirib ketgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi, deyiladi xabarda.
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.