BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Telegram'da bir kun ichida ikkinchi marta halokat yuz berdi

 Telegram messenjeri bugunning o`zida ikki marta ishdan to`xtab qoldi. Bu haqda Downdetector veb-sayti xabar bermoqda.

Telegram'dan foydalanadigan dunyoning ko`plab davlatlaridan millionlab shikoyatlar bo`lmoqda. Ularning 90 foizga yaqini Telegram'ga ulanish, yana to`qqiztasi xabar yuborish bilan bog`liq norozilik mazmunida yozilgan. Messenjerdan foydalanishda O`zbekiston, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Germaniya, Chexiya, Shveysariya va boshqa Evropa mamlakatlari aholisi o`rtasida muammolar paydo bo`ldi. Ma`lumotlarga qaraganda, messenjerning proksi-serveri ishlamay qolgan.

"Biz foydalanuvchilarda yuz berayotgan muammolarni hal etish choralarini ko`ryapmiz. Iltimos, kuting, sizdan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", - deyiladi messenjerning Twitter'dagi xabarida.

Telegram'dagi bu nosozlik holati bugun ertalab ham yuz bergan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

 

Fikr qoldiring