Sherzod Kudbiyev Shov shuvga sabab bo'layotgan Open Budjet loyihasi haqida muhim xabar bilan chiqdi.

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati «Tashabbusli budjet»da Face ID tizimi va ko‘paytirish koeffitsiyentlarini joriy etish rejasi haqida xabar bergandi. Vazir Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlarini «salgina noprofessional sharh berganlikda» ayblab, hozircha bunday o‘zgarishlar nazarda tutilmaganini bildirdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi budjet tashkilotlari xodimlari «Tashabbusli budjet» dasturida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi loyihalarga ovoz berishga majburlanayotgani aytilgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Hozirda loyiha doirasida jami 33 ming 600 loyiha uchun 10 milliondan ortiq ovoz berilgan. O‘rganishlariga ko‘ra, yirik mahallalar aholi soni yuqori bo‘lgani sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlari mavjud.

Vazirlik ovoz berishda tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqmoqda.

Реклама на Unews

Xususan, Face ID yordamida identifikatsiya qilish mexanizmi joriy etilishi, bunda tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtirilishi aytilgandi.

Kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti joriy etish amaliyoti ko‘rib chiqilishi, bunda kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgani ham bildirib o‘tilgan.

Vazirlik tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini ta’minlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilayotganini ta’kidlagan.

Реклама на Unews

Vazirdan tushuntirish

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Face ID tizimi ovoz berish jarayonini qiyinlashtirishi, bu fuqarolar faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi tanqidlarga javoban o‘z xodimlari va matbuot xizmatini «salgina noprofessional sharh berganlikda» aybladi.

«Hech qanday Face ID yoki koeffitsiyentni kamaytiruvchi yoki ko‘paytiruvchi imtiyozlar kiritilishi ko‘zda tutilmayapti. Bular faqatgina ovoz berish jarayonini soxtalashtirish yoki ko‘paytirib ko‘rsatishga qarshi kurashishga qaratilgan vazirlik darajasidagi takliflar edi. Bunda hali vazirlikning o‘zida ham hamma bilan kelishib bo‘linmagan. Hali hamma o‘z qarashi va pozitsiyasini bildirmagan. Hali xom taklifni ertaroq e’lon qilib yuborishibdi», — dedi u.

Unga ko‘ra, ishlab turgan tizimga o‘zgartirishlar kiritilayotganda aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, keyin qaror qabul qilish zarur.

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» bo‘yicha ovoz berish 7 aprelga qadar davom etadi. Fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash va boshqa loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy budjetning jami 1,7 trln so‘mlik qismini taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.

2023 yildan boshlab fuqarolar viloyat budjeti qo‘shimcha daromadlarining 30 foizini (bundan oldin faqat tuman va shahar), mahalla infratuzilmasi uchun mablag‘lar esa faqat «Tashabbusli budjet» orqali taqsimlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil sentabr oyida maktablar, yo‘llar va boshqa obyektlarni ta’mirlash bo‘yicha fuqarolarning tashabbuslari uchun 7,8 million ovoz to‘plangan «Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi yakunlangan. Fuqarolar takliflarini amalga oshirish uchun jami 1 trillion 700 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning ta’kidlaganidek, tashabbusli budjet fuqarolarning daxldorlik hissini sezilarli darajada oshirishi va hayot sifatini yaxshilashi mumkin. Qolaversa, u barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda samarali vositaga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi doimiy vakil.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий