BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

“O‘zbekenergo” ma’muriy binosi sotiladi. O‘rnida mehmonxona quriladi

“O‘zbekenergo” AJning sobiq ma’muriy bino inshootlari yaxlit holda savdoga qo‘yildi. U haqda , Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Inshshotlar Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat mulki ob’ektlariga investitsiyalarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan sotilyapti.

Toshkent markazida yaxlit bino-inshootlarning boshlang‘ich narxi 85 012 644 286,1 so‘m.

Ob’ektning investitsiya majburiyati yirik megapolislarda qo‘llaniladigan shaharsozlikning ilg‘or namunalari, zamonaviy qurilish me’yorlari va me’moriy yechimlarini o‘zida aks etgan, kamida 200 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, savdo majmuasi hamda ko‘ngilochar xizmat ko‘rsatish markazini barpo etish.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun topshiriladigan tegishli hujjatlar bilan birga loyihani amalga oshirish konsepsiyasi ham taqdim etilishi lozim.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring