Onkolog saratonning eng asosiy “dushmanini” ma’lum qildi!
7452 31-08-2020 0 Ilm-fanRossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh onkologi Andrey Kaprin erta tashxis saraton kasalligining asosiy dushmanidir deb ma’lum qildi.
Bu haqda u «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida aytib o‘tdi.
"Biz o‘zimizga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak! Har qanday fiziologik sekresiyamizda - tupik, siydik, najas, shilliq qavatlardagi qonda dog‘ paydo bo‘lishi bizni tekshiruvdan o‘tish uchun onkologga borishga undashi lozim", deydi mutaxassis.
Onkologning ta’kidlashicha, dastlabki bosqichlarda aniqlangan o‘smalarning 97 foizini davolash mumkin.