BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Namozni niqob taqqan holda o‘qish mumkinmi?

SAVOL: Bugungi kunda koronavirus epidemiyasi sababli yuzga tibbiy niqoblar (maska) taqilmoqda. Namozni maska taqqan holda o‘qish mumkinmi?

JAVOB: Odatdagi holatlarda yuzni yopib namoz o‘qish makruh. Lekin uzrli sabab bo‘lsa, makruh emas, joiz bo‘ladi.

Bu haqda Alloma Ibn Obidin shunday deydilar: «(Namozning makruhlaridan biri “talassum”dir) “talassum” namozda burun va og‘izni yopishdir. Makruhligining sababi majusiylarning olovga sig‘inayotgan holatiga o‘xshaganidir” (“Raddul muhtor”).

Hozirgi kunda niqob taqish muhim ehtiyot choralaridan biri bo‘lgani uchun begonalar bilan jamoat bo‘lib qolsa, kasallikdan saqlanish uchun uni taqish uzrli sababdir, makruh bo‘lmaydi. Uyda o‘zi yoki oila a’zolari bilan namoz o‘qiganda esa niqob taqmasdan o‘qiydi. Zotan, namozdan avval ham oila a’zolari bilan niqobsiz muomala qilib turgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring