Mayk Tayson UFC chempioni Jon Jonsni jangga chorladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasining sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson boks va UFC’dagi gonorarlarni o‘zaro solishtirib o‘tdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Eshiting, UFC — boksdan ko‘ra mashhurroq sport turi, shundaymi? Biroq UFC jangchisi hech qachon yaxshi saviyadagi bokschidan boyroq bo‘la olmaydi.

Konor Makgregor 100 million dollar ishlab olish uchun Floyd Meyvezer bilan jang qilishga majbur bo‘ldi.

Реклама на Unews

Agar Jon Jons katta miqdorda pul ishlab olishni xohlasa, men bilan jang qilishi kerak», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons — yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni va promoushen umumiy reytingi yetakchisi. Avvalroq sportchi unga yaxshilangan shartnoma taklif qilmayotgani uchun UFC’ni tanqid ostiga olgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий