Koronavirusga chalingan Prezident shifoxonaga yotqizildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Koronavirusga chalingan Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Prezident ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

"Koronavirus yuqtirib, uyda davolanayotgan Prezident Armen Sarkisyan shifoxonaga yotqizildi", deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Xabarda davlat rahbarining tana harorati yuqoriligi va unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgani haqida ham ma’lumot berilgan. 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi. 

Armen Sarkisyan 2018 yilda respublika Prezidenti etib saylanishidan oldin turli yillarda Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. Prezident oilasining bir qismi hali ham Buyuk Britaniyada yashaydi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda koronavirusga chalinganlar 163 mingdan oshgan. 2 ming 941 nafar bemor vafot etgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий