Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 22 millionga yaqinlashdi.
3082 18-08-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 18-avgust tongiga kelib 21,8 milliondan oshdi. 188 mamlakatda pandemiya hukm surmoqda. Jons Hopkins universiteti saytida berilgan so‘nggi ma’lumotlar bundan dalolat beradi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.
Dunyo bo‘yicha kovid kasallari soni 21 826 342 nafarga yetdi. Kasallar sonining sutkalik o‘sishi 212 ming nafarni tashkil etgan. Pandemiya davri qurbonlari soni 773 152 nafarga yetgan bo‘lsa, 13,8 million kishi kasallikni yengib o‘tgan.
SARS-CoV-2 virusidan eng ko‘p aziyat chekayotgan mamlakat — AQSh (kasallanganlar soni 5,4 million nafardan oshdi). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Braziliya (3,35 mln.) va Hindiston (2,6 mln). Eng ko‘p qurbonlar ham shu uch mamlakatda: AQSh — 170 mingdan ortiq, Braziliya — 108 ming, Hindiston — 51 ming.
Реклама на Unews
Yetakchi o‘nlikda, shuningdek, Rossiya, JAR, Peru, Meksika, Kolumbiya, Chili va Ispaniya joylashgan.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.