BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Internetda tarqalgan: "Ortiqxo’jaev menga yoki 100 mln dollar berasan yoki..." videosiga Rasmiy munosabat bildirildi!

Kecha kechqurun Kun.uz nashri tomonidan olib borilgan surushtiruvlardan tayyorlangan video material internet tarmoq'ida katta muhokamalarga sabab bo'lmoqda. 

Unda O'zbekistondagi Lake City va Minerva City kabi yirik loyihalar investori bo'lgan Murali Lal Jalan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jaev unga 100 mln dollar berasan yoki Lake City loyihasidan voz kechasan deganligi haqida gapirgan. 

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi ushbu videoga Rasmiy munosabat bildirdi. Unda:

Kun.uz tahririyati tomonidan tayyorlangan va tarqatilayotgan Minerva siti kompaniyasi vakili Murali Lal Jalanning intervyusida Toshkent shahar hokimiga nisbatan aytgan gaplari huquqiy baho berilmagunga qadar davlat xizmatchisini obro’sizlantirishga qaratilgan deb hisoblaymiz.

Murali Lal Jalanning gaplarini asosli yoki asossizligini tekshirish uchun va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko’rishlarini so’rab O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qilinadi.

Barcha ommaviy axborot vositalarini O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu holatni qonuniy asosda o’rganib chiqilgunga qadar, asossiz ma'lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

Toshkent shahar hokimli (s)

deyiladi. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring.

Fikr qoldiring