BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

FIFA 2022 da nimalar bo'lmoqda? Kunning yana bir sensatsiyasi!

Mundialda yana bir sensatsiya: Germaniya hisobda oldinda bora turib, Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi! 

Futbol bo‘yicha JCH-2022 1-turida Germaniya va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida darvozabonning qo‘pol harakati bois yaponiyaliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Ilkay Gyundogan golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillarida faollik ortdi, biroq vaziyatlardan faqat yaponlar unumli foydalandi. 75-daqiqada Ritsu Doan jamoasining hujumini gol bilan yakunladi. 83-daqiqaga kelib Takuma Asano yaponiyaliklarning ikkinchi golini urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmay qoldi.

Guruhning ikkinchi o‘yini Ispaniya va Kosta-Rika jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv bugun 21:00 da start oladi.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni hisobda ortda bora turib, yakunda Argentina terma jamoasi ustidan g‘alaba qozongan edi.

Fikr qoldiring