Eron hukumati futbolchi o‘limga hukm qilingani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Eron hukumati «Traktor Tabriz» klubi sobiq himoyachisi Amir Nasr-Ozodaniyning o‘limga hukm qilinganini inkor etdi.

JCH-2022 finalidan so‘ng Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Argentinani g‘alaba bilan tabrikladi va quyidagi so‘zlarni yozdi: «Messi va Argentina xalqi uchun juda xursandman. Va Eron ham futbolni o‘ldirmasin». Siyosatchi yozuvga Ozodaniyning rasmini ham ilova qildi va «uni o‘ldirmanglar» deb yozib qo‘ydi.

Kolumbiyadagi Eron elchixonasi Petroning postiga munosabat bildirdi va ular «soxta yangiliklar kampaniyasini davom ettirayotgan gibrid urush»ni tanqid qildi.

«Sud hali bo‘lib o‘tgani yo‘q. Shuning uchun o‘lim jazosi haqidagi xabarlar yolg‘ondir», — deyiladi diplomatik hukumatning bayonotida. Elchixona, shuningdek, Ozodaniy uch nafar polisiya va xavfsizlik xodimini o‘ldirgan qurolli guruhga aloqadorlikda gumonlangan beshinchi ayblanuvchi ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi noyabr oyi oxirida hibsga olingani, keyinroq uning ismi o‘limga hukm qilinganlar ro‘yxatida paydo bo‘lgani xabar qilingandi.

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga Mahsa Aminiyning sentyabr oyida «hijobni noto‘g‘ri o‘ragani» uchun hibsga olinib, bir muddat polisiya bo‘limida bo‘lganidan so‘ng vafot etgani sabab bo‘lgandi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий