BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Eldor Shomurodovga Bundesliganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov Germaniya chempionatiga yo`l olishi mumkin. Bu haqda SA xabar bermoqda. 

O`zbekistonlik forvard "bo`rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinoning ishonchiga sazovor bo`lmayapti. U rimliklarning asosiy hujumchisi sifatida Temmi Abrahamni afzal ko`rmoqda. 

Shu sababli, Shomurodov klubini o`zgartirishi mumkin. Manbaning ta`kidlashicha, Bundesliganing bir nechta klublari, jumladan, "RB Leypsig" va "Xoffenxaym" futbolchini kuzatib bormoqda.

Fikr qoldiring