DXX Toshkentda tezkor tadbir o‘tkazdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat Bojxona qo‘mitasi Toshkent shahrida psixotrop dorilar savdosiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

Xususan, 26-oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.T. va M.M.lardan kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop modda bo‘lgan 7504 dona «Regapen» dori vositasi olib qo‘yildi. Shuningdek, tadbir davomida U.T.ning kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlash joyidan 1650 dona «Tropikamid», 5617 dona «Selofen» va 756 dona «Regapen» dorilari borligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘ildi.

Psixotrop moddalar sotish va saqlash yuzasidan joriy yilning 28 oktyabr kuni yana bir holat qayb etilgan bo‘lib, fuqarolar J.Z., K.J. va X.K.lar tezkor tadbir davomida ushlanib, ulardan 1310 dona «Tropikamid», 2100 dona «Regapen» va 510 dona «Selofen» dori vositalari olib qo‘yildi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, 30 oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.Sh. va Sh.M.larning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda avtomashinadan 2000 dona «Tropikamid» va yashash manzilidan 4070 dona «Selofen» va 300 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий