AQShda Santa-Klauslar koronavirus sabab bolalardan “berkinmoqda”. Bolalarga ularning tizzasiga o‘tirish taqiqlangan (video)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

2020-yilda Qorbobo va Santa-Klauslar o‘z sog‘lig‘iga yanada e’tiborliroq bo‘lishi lozim. Chunki keksa insonlar koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan yoshli insonlar toifasiga kiradi. Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri mahalliy Santalarga COVID-19’ga oid mamlakatdagi cheklovlarni buzishga ruxsat bergan bo‘lsa, AQSh va ayrim Yevropa davlatlari Santani oyna ortiga yashirib, bolalarga uning tizzasiga o‘tirishini taqiqlamoqda, deb yozadi Meduza, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Gap savdo markazlarida ishlaydigan Santa-Klauslar haqida ketyapti. Har yili bolalar shu kabi markazlarga ota-onalari bilan tashrif buyurib, Santa-Klaus bilan suratga tushadi va undan sovg‘alar oladi. Biroq pandemiya vaqtida ushbu an’anaga o‘zgartirish kiritildi. Ayrim savdo markazlarida bolalar ikki metrli oraliq masofaga rioya qilib Santa bilan gaplashishga majbur bo‘lmoqda. Daniyada esa Santaning oldiga umuman yaqinlashib bo‘lmaydi, chunki u ulkan shaffof sharning ichiga joylashtirilgan.

Реклама на Unews

Foto: Reuters

Ba’zi savdo markazlari Santani ko‘rgan bolalar uning oldiga yugurib kelmasligi uchun atrofiga turli sovg‘a qutilari va bezaklar joylashtirmoqda.

Реклама на Unews

Foto: EPA

Yana ayrim savdo markazlarida elektron navbatga turish mumkin — bu bolalarning to‘planmasligini ta’minlaydi. O‘z navbatida xodimlar sovg‘alarni, bezaklarni, Santaning kursisi va qo‘llarini muntazam artib turmoqda. Shuningdek, 2020-yilda Santaning ish vaqti ham cheklangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий