BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

AQSh olimlari COVID-19 vaksinasini odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o'tganligini e'lon qildi!

Amerikaning Moderno biotexnologik kompaniyasi COVID-19 ga qarshi vaksina sinovi birinchi bosqichi ijobiy natija bilan yakunlanganini e'lon qildi.

Vaksina sinovi aprel oyida boshlangan edi. Bu haqida "RIA Novosti" nashri xabar bermoqda.

Moderna kompaniyasi takidlashicha, mRNA-1273 vaksinasi sinovi davomida dori moqdoriga qarab bemorlar qonida COVID-19 ga qarshi antitanalar miqdori oshgan, ba'zi hollarda esa o'zgarmagan.

Sinovlar davomida preparat xavfsiz ekanligini ko'rsatgan va asoratlar qoldirmagan. Sinovlarning yakunlovchi bosqichi iyul oyida boshlanadi. 

Reutersning qayd etishicha, bu e'londan so'ng kompaniya aksiyalari 25% ga qimmatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 11 mart kuni JSST COVID-19 pandemiyasini e'lon qilgan edi. Xozirgacha kasallik bilan 4.6 mln kishi kasallandi va 311 000 dan kishi olamdan o'tdi.

Fikr qoldiring