Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga 33 mingdan ortiq ayolni hayotga motivatsiyalash vazifasi qo‘yildi​

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildideb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Unda, O‘zbekistonda 1,5 million nafardan ortiq ishsiz yoshlar va xotin-qizlar borligi ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda o‘quvchilarning OTMga kirishi va o‘z ishini topishiga qarab direktor va o‘qituvchilarga oylik to‘lanishi aytildi.

Реклама на Unews

Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qoshida Venchur fond tashkil etilishi belgilandi. Ushbu jamg‘armaga dastlab 1 million dollar yo‘naltiriladi. Startap loyihalar tanlovini tashkil etish orqali joriy yilda har bir viloyatda kamida 10 ta, kelgusi yildan boshlab yiliga kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 milliondan 200 million so‘mgacha grant ajratiladi.

Videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Hududlarda 20 mingga yaqin ayol og‘ir turmush sharoitida yashashi, shundan ko‘plari profilaktik hisobda turishi afsus bilan qayd etildi.

Реклама на Unews

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga 33 ming 380 nafar ayolni hayotga motivatsiyalash va kasbga o‘rgatish bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Har bir tuman va shahar kesimida ayollar biznes loyihalari ro‘yxatini shakllantirib, oyma-oy moliyalashtirish, xotin-qizlar tadbirkorligi dasturi doirasida soddalashtirilgan kreditlar va grantlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

"Mikroqarz olish niyatidagi yoshlar va ayollar tadbirkorlikka bepul o‘qitilib, yiliga 5 ming nafar yoshlar va ayollarning bandligi ta’minlanadi. 14 iyulda imzolangan tadbirkorlikni hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir Prezident qarorida, jumladan, ushbu maqsadlarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 million dollar kredit ajratilishi belgilandi. Bu mablag‘ yoshlar va ayollar ishsizligi yuqori bo‘lgan qishloq joylarda imtiyozli mikroqarz ajratish uchun mikromoliya va nodavlat tashkilotlarga beriladi. Chunki bunday nodavlat tashkilotlar banklarga qaraganda kam resurslar bilan ham o‘qitib, 2-3 baravar ko‘p ish o‘rni yaratayapti. Kredit qaytimi ham banklarga qaraganda ancha yuqori.

Shu bois nodavlat tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazib, eng yaxshi o‘quv markaziga grant ajratish tizimi joriy etilishi belgilandi.

Jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar, Andijon, Namangan va Farg‘ona tajribasi bo‘yicha mazkur viloyatlar hokimlarining hisoboti eshitildi" - deyiladi prezijent matbuot xizmati xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий