Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti namozining masjidlarda o‘qilishiga ruxsat beriladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Saudiya Arabistoni hukumatining 13 iyul kuni ma'lum qilishicha, Qirollikdagi musulmonlar bu yilgi Iyd Al-Adha (Qurbon hayiti) namozini masjidlarda ado etishlari mumkin bo’ladi,  deb yozmoqda "tarjumon.uz " nashri.

Islom ishlari vaziri SHayx Abdullatif Al-SHayx o’z vazirligining hududlardagi bo’limlariga Iyd Al-Adha bayramiga hozirlik ko’rishni buyurgan.

Koronavirus xavfining oldini olish maqsadida hayit namozi e’lon qilingan bir qancha masjidlardagina o’qiladi xolos. Ushbu masjidlarda ehtiyot choralari ko’rilishi nazoratga olinadi.

Islom ishlari vazirligining xabariga ko’ra, hayit namoziga kelganlar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun odamlarning ehtiyot choralariga amal qilishlari uchun bo’lgan targ‘ibot ishlari kuchaytirildi. Jumladan, tibbiyot mutaxassislarining infeksiyadan himoyalanish bo’yicha bergan maslahatlari nashrdan chiqarilgan.

Eslatib o’tamiz, bu yilgi Iyd Al-Adha bayrami avgust oyining dastblabki kunlariga to’g‘ri kelishi kutilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий