13 iyul Qozog‘istonda motam kuni deb e’lon qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Qozog‘istonda 13 iyul kuni koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga “Milliy motam kuni” deb e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda,  deb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

Bugun, 8 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev xalqqa videomurojaat yo‘llab, unda 13 iyulni “Milliy motam kuni” deb e’lon qilish haqidagi qarorini ochiqlagan.  

"Rasmiy xabarlar ortida yuzlab oilalarning fojialari yotadi.  Kimdir otasini,  onasini,  akasini,  singlisini,  o‘g‘li va qizini yo‘qotgan. Men yaqinlarini yo‘qotganlarning barchasiga ta’ziya bildiraman, shuning uchun 13 iyulni milliy motam kuni deb e’lon qilaman", deydi To‘qayev. 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar keskin ortib, 51 059 taga yetdi. Bemorlarning 16 298 nafari yoki 31,9 foizi sog‘aygan. O‘lim holatlari esa 264 tani tashkil etmoqda.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий