O‘zbekistonda shu vaqtgacha 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekistonda besh oy davomida 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi,  deb yozmoqda  "Aniq.uz" nashri.

«Aholining koronavirusga moyilligi yuqori bo‘lgan qatlamlar haqida gapirganda quyidagi raqamlarni keltirish mumkin. Ma’lumki, 65 yoshdan yuqori bo‘lgan keksalardan tashqari yana ikkita nozik qatlam bor – bolalar va homiladorlar. 

O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgan o‘tgan 5 oy davomida 3000dan oshiq homilador ayol karantinga olindi. Ularning 208 nafarida koronavirus tasdiqlandi. Virusning homilador ayolga va homilaga ta’siri xususida ma’ruza o‘qimasak ham bo‘ladi», degan vazir o‘rinbosari.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, bu vaqt davomida bir qancha koronavirusga chalingan homilador ayollar farzandli bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий