O‘zbekistonda 10 iyuldan karantin choralari kuchaytirilgan holda qayta tiklanishi rostmi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Turli manbalarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sabab O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralari kuchaytirilgan holda qayta tiklanishi haqida xabarlar tarqaldi, deb yozmoqda  "Aniq.uz" nashri.

Unga ko‘ra, respublika miqyosida avtotransportlar harakati cheklanadi. Hududlararo qatnovlar ham to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari rejaga ko‘ra,

Реклама на Unews

Madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar, oilaviy yig‘inlar va to‘ylar, tomoshalar to‘liq taqiqlanadi. 
Umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxonalar) yopiladi. 
Parklar, istirohat bog‘lari, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, sport zallari, sanatoriylar, bolalar oromgohlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtatiladi.

65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida yurishi, aholining ko‘cha va maydonlarda uch kishidan ortiq to‘planishi ham taqiqlanishi kutilmoqda.

Ushbu cheklovlar bo‘yicha maxsus komissiya qarori chiqishi kutilmoqda.

Реклама на Unews

RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida:

a) quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:

 avtotransport vositalarining harakati cheklandi;

 davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta'sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;

 davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o’tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o’tkazish belgilandi;

 hududlar o’rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);

 tomosha, madaniy-ko’ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o’tkazish taqiqlandi;

 to’y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o’tkazish taqiqlandi;

 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko’chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo’lib harakatlanishi cheklandi.



b) quyidagi ob'yektlar faoliyati to’xtatildi:

parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;

 buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do’konlar;

 sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;

 tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar maktabgacha ta'lim tashkilotlari, o’quv kurslari va har qanday to’garaklar;

umumiy ovqatlanish ob'yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (etkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

 sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;



v) xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bog‘liq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:

 xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;

xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari xaydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo’yicha test topshiradi.

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

SHu bilan birgalikda sanoat va yirik qurilish ob'yektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:

tegishli ob'yektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;

ob'yektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta'minlanadi;

sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob'yektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;

ob'yektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta'minlash.

Ma'lumki, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30 iyundagi qarori bilan shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etilgan edi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:

✔️koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;

✔️karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi;

✔️test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi, kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga o‘tkaziladi (uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi).

❗️Kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash, shuningdek, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni uy sharoitida karantinga olish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasining qarorida quyidagilar belgilandi:

uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda bemorlar bilan aloqada bo‘lib, uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning doimiy tibbiy nazoratda bo‘lishi belgilandi;

aholiga, shu jumladan, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu-kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi Call-center faoliyati yo’lga qo‘yiladi;

uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

❗️Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasiga(dan) yo’lovchi tashish bo‘yicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

‼️Cheklovlarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatiladi hamda mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий