“O‘zsanoatqurilishbank” koronavirusdan vafot etgan xodimining oilasiga ta’ziya bildirdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avvalroq, "O‘zsanoatqurilishbank"ning Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Xurshid Shabonov koronavirusga chalingani, ko‘rsatilgan muolajalar foyda bermay, vafot etgani haqida xabar bergan edik, deb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

"O‘zsanoatqurilishbank" rahbariyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi. 

“O‘zsanoatqurilishbank” rahbariyati jonkuyar xodim, mehribon ota, g‘amxo‘r farzand Xurshid Iskandarovich Shabonovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi ta’ziyada. 

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida, Shabanov joriy yilning 2 iyul COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va unda kasallik tasdiqlangan. Bemor shu kunning o‘zida Navoiy viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama zotiljam, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi asorati bilan kechgan. 

Bundan tashqari bemorda gipertoniya 3-daraja, arterial gipertenziya 2. Xavf – III, semizlikning  1-darajasi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan. Shuningdek, bemor 2019 yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.

Реклама на Unews

6 iyul kuni bemorning ahvoli o‘ta og‘irlashgan hamda mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilinib, davolash jarayoni tegishli mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Shunga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan. Reanimatsiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralar samara bermagan hamda biologik o‘lim qayd etilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий