COVID-19 ning ikkinchi to'lqini! U qachon yuz berishi mumkin va qanday kechadi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Koronavirusning yangi – ikkinchi to‘lqini noyabr-dekabr oylarida yuz berishi mumkin. Bu haqda shifokorlarning butunjahon kasaba uyushmasi WMA’ning sobiq rahbari professor Leonid Eydelman aytib o‘tdi. Bu haqida "Kun" nashri xabar bermoqda

Eydelmanning ta'kidlashicha, kasallikning yangi to‘lqiniga jiddiy tayyorlanish lozim, chunki u COVID-19 alomatlariga ega mavsumiy o‘tkir respirator virus infeksiyasi (ORVI) bilan birga kechishi sababli murakkablashishi mumkin.

“Har yildagi kabi noyabr-dekabrda nafas yo‘llari kasalliklari ko‘payishini anglash lozim. Shu sababli yo‘talayotgan, aksirayotgan kasallarni koronavirusga chalinganlardan farqlash qiyin bo‘ladi. Aynan shu katta muammodir”, deb aytgan shifokor. 

Реклама на Unews

Eydelmanning ta'kidlashicha, noyabrgacha sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq safarbar qilinishi lozim. Uning fikricha, koronavirusning kuzgi to‘lqini karantin cheklovlari bekor qilingani sababli yozgisidan kuchliroq bo‘ladi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, hozirda koronavirusga chalinganlar soni butun dunyoda ko‘paymoqda. Ba'zi davlatlarda, misol uchun, Italiya va Germaniyada kasallanish holatlari biroz ko‘payayotgani sezilayotgan bo‘lsa, Hindistonda bu ko‘rsatkich yuqori darajani tashkil qilmoqda. “Aslida kasallanganlar soni aniqlanganlaridan ko‘proqni tashkil qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Eydelman.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий