Aka-ukalar O‘rgimchak odamga aylanish uchun o‘zlarini zaharli o‘rgimchakka chaqtirdi, oqibatda...

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Boliviyaning Chayyant provinsiyasida yashovchi uch aka-uka o‘zlarini zaharli o‘rgimchak — qoraqurtga chaqtirishdi,  chunki ular shunday qilishsa, super qahramon bo‘lishlariga ishonishdi. Bu haqda Daily Star xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Sakkiz, o‘n va o‘n ikki yoshli bolalar qoraqurtni topdilar va uni o‘zlarini tishlashga majbur qildilar. Chunki ular xuddi kinodagi kabi o‘rgimchak tishlaganidan keyin O‘rgimchak odamga aylanamiz, deb o‘ylashdi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach aka-ukalarning mushaklarda og‘riq va tortishishlar paydo bo‘ldi, yurak urishi tezlashdi.

Ona o‘g‘illarining yig‘layotganini ko‘rib, mahalliy kasalxonaga olib bordi. Bolalarga dori berishdi, ammo ahvol yaxshilanmadi. Keyin bolalar Lyalyagua shahridagi kasalxonaga yotqizildi, ammo vaziyat yomonlashdi. Oxir-oqibat, jabrlanganlar La-Paz shahridagi bolalar kasalxonasiga yetkazildi. Kerakli muolajalardan so‘ng nihoyat bolakaylar o‘zlarini yaxshi his qila boshlashdi. Besh kundan keyin ular kasalxonadan chiqarildi.

Реклама на Unews

Mamlakat Epidemiologiya va Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Virjilio Piyetro koronavirus bo‘yicha matbuot anjumanida ushbu hodisa haqida gapirdi. U ota-onalarni ehtiyot bo‘lishga chorladi, chunki filmlar bolalar uchun haqiqat bo‘lib tuyulishi mumkin.

Ma’lumot uchun, qoraqurtning zahri kalamushning zahridan 15 baravar kuchli. Odatda, bu o‘rgimchaklar tajovuzkor emas, ammo ularning tishlashi halokatli bo‘lishi mumkin. Aksar hollarda bu o‘rgimchaklar faqat o‘zini himoya qilish uchun tishlaydi.

Putin qoldirilgan G‘alaba paradi qachon o‘tkazilishini e’lon qildi

Реклама на Unews

Yana 20 kishidan koronavirus infeksiyasi aniqlandi – O‘zbekiston

Yangi qonun: endi amaldorlar daromadlarini yashirolmasligi mumkin...

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий