Sukerberg ikki oyda 31,4 mlrd. dollar ishlab olib, bo‘lajak trillionerni ortda qoldirib ketdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Joriy yilning 23 martidan 22 mayiga qadar dunyo reytingida dastlabki 25 ta o‘rinni egallagan milliarderlar 255 mlrd. dollar ishlab topgan. Forbes shu orqali pandemiya paytida o‘z “mijozlari“ning ahvolini o‘rganib chiqqan. Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda.

Ularning ichida Facebook asoschisi Mark Sukerberg hammani ortda qoldirib ketgan. Mark ikki oy ichida 31,4 mlrd. dollar ishlab topdi va jami sarmoyasi 86,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, shu vaqt ichida Facebook aksiyalari narxi qariyb 60 foiz qimmatlashib, 22 mayga kelib rekord darajagacha ko‘tarilgan. Shunday qilib Sukerberg may oyiga kelib reytingda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Aprel oyida u 7-pog‘onada turgandi.

Amazon bosh direktori Jeff Bezos bu borada ikkinchi bo‘ldi. U 29,9 mlrd. dollar topib, sarmoyasini 146,9 mlrd. dollargacha yetkazib olgan. Chunki bu davrda kompaniya aksiyalari qiymati 29 foiz qimmatlashgan.

Ayni paytda dunyo milliarderlari ro‘yxatini ham aynan Bezos boshqarib turibdi. Prognozlarga ko‘ra, aynan Bezos 2026 yilga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi ham mumkin. O‘shanda u 62 yoshga to‘lgan bo‘ladi. Bu haqda Comparisun tadqiqot platformasi xabar bergandi.

Chikagodagi o‘zbeklar Hayitni qanday nishonladi? (fotojamlanma)

“O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan jurnalistlar “Sport” telekanalidan bo‘shatildi

Реклама на Unews

O`zbekistonda "So`ngi qo`ng`iroq" tadbiri boshlandi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий