Chikagodagi o‘zbeklar Hayitni qanday nishonladi? (fotojamlanma)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ma’lumki, koronavirus infeksiyasi sababli butun AQSh, shu jumladan Illinoys shtati ham karantin holatida. Barcha ommaviy odamlar to‘planadigan joylar, shu jumladan masjidlar ham yopilgan. Odamlarga tibbiy niqobda va o‘zaro masofa saqlagan holda yurish tavsiya etildan.  Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

Bu yilgi Ramazon Hayiti bayrami mana shunday muammolik davrga to‘g‘ri keldi. Shularni hisobga olib Chikagodagi o‘zbeklar Ramazon Hayitini o‘ziga xos, o‘zgacha tarzda bayram qilishdi. Bu haqda Chikagodagi O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi prezidenti Olim Sharipov Sof.uzʼga xabar berdi.

Реклама на Unews

Ma’lum qilinishicha, har bir oila o‘zlarining mashinalarida alohida bo‘lib bir joyga to‘planishgan va u yerdan mashinalar bezatilib, kolonna bo‘lib Chikagoning birinchi o‘zbek fuqarosi (1970 yildan), Chikago O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi asoschisi Sirojiddin Hoji Nasafiyning hovlisi tomon yo‘l olishdi. 77 yoshli Hoji ota bolajonlarga tashqaridan turib bayram sovg‘asi ulashdi. 

Реклама на Unews

Shundan keyin, mashinalar kolonnasi (20 tadan oshiq mashina) Chikago shahar markazi (Down Town) va Michigan ko‘li tomon yo‘l oldi. Bayram juda sermazmun, ayniqsa bolajonlar uchun esda qolarlik bo‘lib o‘tdi, deydi Olim Sharipov.

Ushbu tadbir Chikagodagi O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirildi.

“O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan jurnalistlar “Sport” telekanalidan bo‘shatildi

O`zbekistonda "So`ngi qo`ng`iroq" tadbiri boshlandi

Koronavirus tez tarqashining yana bir sababi aniqlandi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий