“O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan jurnalistlar “Sport” telekanalidan bo‘shatildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

“Oriyat Dono” radiokanalida efirga uzatilgan “Futbol plyus” loyihasi ishtirokchilari Bobur Akmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Xamidov o‘zaro suhbatda “O‘zbekiston 24” telekanali xususida tanqidiy fikr bildirib, kanal tarqatayotgan xabarlar real hayotdan yiroq ekani haqida (“Susambil”da tashkil qilinganmi" deya) mulohaza bildirgan edi. Aynan shu kichik qism internet tarmoqlarida tarqaldi va keng muhokama qilindi. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

Shundan so‘ng joriy yilning 21 may kuni ushbu holat yuzasidan MTRK rahbari Alisher Xadjayevning mulohazasi e’lon qilindi. Maqolada televideniye rahbari ularni “korporativ etika tushunchasidan yiroq ekanliklarini, sportchilar orasida juda qadrlanadigan jamoaviy birlik qadriyatini umuman tushunmasliklarini” ta’kidlagan.

Shuningdek, A.Xadjayev “bu ikki shaxs o‘zlari yashab turgan mamlakatdagi holatni aniq-tiniq bilmasdan, vaziyatga o‘zlarining “minora”laridan turib baho berganliklaridir. Kimdir, qayerdadir aytgan fikrga qarab xulosa qilish va bu xulosani axborot vositasi orqali tarqatish – o‘zini professional, deb bilgan jurnalistga yarashmaydi”, deb yozadi.

Реклама на Unews

Maqolada so‘ngida “Xo‘sh, bizning korporatsiyamiz (ya’ni kompaniyamiz) korporativ etikani tan olmaydigan, hamkasblarining yuziga oyoq qo‘yadigan, siyosiy va madaniy ongi hamda professionalizmi haminqadar bo‘lgan bu ikki xodimning xizmatiga muhtojmi?”, deya savol qo‘yib, bu savolni “B.Akmalov va J.Babajanovlarning vijdonlariga havola” etgandi.

MTRKdagi manbalarning tasdiqlashicha, “Sport” teleradiokanalida 1-toifali muharrir shtatida ishlab kelgan Bobur Akmalov va “Sport” teleradiokanali bosh rejissyori Jamoliddin Bobojonov bo‘shashga ariza yozgan. Bu haqda Human.uz xabar berdi.

“Oriat dono” radiosidagi “Futbol plyus” loyihasi yopilgan haqida ham xabarlar tarqadi. Radioning yutubdagi sahifasida o‘sha kungi soni o‘chirib tashlangan.  

Реклама на Unews

O`zbekistonda "So`ngi qo`ng`iroq" tadbiri boshlandi

Koronavirus tez tarqashining yana bir sababi aniqlandi

Jaziramaga tayyormisiz? Bugungi ob-havo ma’lumoti

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий