Koronavirusning yangi asorati aniqlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Italiyalik shifokorlar koronavirusning yangi asorati haqida ma’lum qilishdi. Koronavirusdan sog‘ayib ketgan bemorning organizmida bu asorat ilk bor aniqlandi. Bu haqda Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism nashri yozgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, koronavirus qalqonsimon bezning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Maqolada shifokorlar koronavirusdan sog‘aygan 18 yoshli qizda nim o‘tkir tireoidit yoki yana qalqonsimon bez yallig‘lanishi deb ataluvchi asoratni aniqlashganinini ma’lum qilishgan. Qiz virusni otasidan yuqtirib olgan. Unda kasallikning o‘rta og‘irlikdagi alomatlari – tumov va yo‘tal kuzatilgan. Qizyu bir necha kundan keyin sog‘ayib ketgan. 

Реклама на Unews

Biroq qisqa vaqtdan keyin qiz o‘zini yomon his qilayotganini ma’lum qilgan. Unda boshqa alomatlar – harorat ko‘tarilishi, bo‘yindagi og‘riqlar paydo bo‘lgan. Shifokor ko‘rigi vaqtida qizda yurak tez urishi hamda qalqonsimon bez og‘rishi va kattalashgani qayd qilingan.   

“Shifokorlar koronavirus o‘zini shunday tarzda ham namoyon qilishi mumkinligini bilishlari lozim”, deb aytgan professor Franchesko Latrofa.

Olimlarning ta’kidlashicha, qiz avval qalqonsimon bez bilan muammolarga ega bo‘lmagan. Shu sababli ularning aytishicha, koronavirusning o‘pkadan qalqonsimon beziga kirishi xavfi mavjud.

Реклама на Unews

Mutaxassislarning shu o‘rinda ta’kidlashicha, 2002-2003 yillarda avj olgan SARS koronavirusi vaqtida undan vafot etgan ba’zi bemorlar jasadi yorilganda ularda qalqonsimon bez yallig‘lanishi aniqlangan.

Tojikistonda bemorlar tuzala boshladi, Qozog‘iston karantindan chiqmoqda

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga bepul beriladigan tovarlar ro‘yxati yangilandi

Saida Mirziyoeva: "Oyim bilan Sirdaryoga bordik, u erda ajoyib bir voqea bo`ldi" (foto)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий