Ikkinchi to'lqin! Rossiyada koronavirus epidemiyasi qaytalanishi mumkinmi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Sechenovskiy universiteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Vitaliy Zverev Rossiyada ikkinchi koronavirus to‘lqini bo‘lishini bashorat qildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning yangi to‘lqini qishda yoki kuzning o‘rtalarida berishi mumkin.

"Biz bu bilan yashashimiz kerak va shuning uchun bu vaziyatga ko‘nikishimiz zarur", dedi u.

Реклама на Unews

Zverev, shuningdek, mamlakatda joriy etilgan cheklovlarni imkon qadar tezroq olib tashlash kerak, deb hisoblaydi. Shu sabab o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishdan bosqichma-bosqich chiqilishi zarur.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi odamlarga erkin yurishga ruxsat bersa ham bo‘ladi.

"Biz uyda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilib o‘tirgan odamlarda paydo bo‘ladigan boshqa surunkali kasalliklar sabab odamlarni ko‘proq yo‘qotamiz", deb xulosa qildi ekspert.

Реклама на Unews

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 299 941 kishi koronavirusga chalindi. Ulardan 76 130 nafari sog‘ayib ketgan bo‘lsa, 2 837 ta o‘lim holati qayd etildi.

Ko‘rshapalaklar organizmida mingdan ko‘proq turdagi koronaviruslar aniqlandi

Shavkat Mirziyoyev oilalar daromadi qanday yo‘l bilan ko‘tarilishini ma’lum qildi

Bu yil maktab bitiruvchilari shahodatnomani qanday ko‘rinishda olishi ma'lum bo‘ldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий