«Skver»dagi avtoturargoh o‘rniga nima quriladi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ijtimoiy tarmoqlarda «Poytaxt» savdo markazi ro‘parasidagi bepul avtoturargoh o‘rnida qurilish olib borilayotgani va endi Toshkentdagi kam sonli bepul avtoturargohlardan birining taqdiri noma’lum qolayotgani to‘g‘risida xavotirli xabarlar tarqaldi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Kun.uz nashri vaziyatga izoh olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev bilan bog‘landi.

«Matbuotchilar ko‘chasidagi 0,23 gektar maydon Toshkent shahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori asosida Chexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasiga 25 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya kiritish sharti bilan ajratib berilgan. Loyiha muntazam o‘tkazib kelinayotgan «Investorlar kuni» doirasida taqdim etilgan va bu yerda 1-2-3-qavatlari savdo do‘konlari, yuqori qavatlari ofislardan iborat 9 qavatli bino qurilishi rejalashtirilgan. Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan mavzu – avtoturargoh masalasi boshidanoq nazarda tutilgan. Binoning yerto‘la qismi (-1,-2,-3 qavatlari) to‘lig‘icha avtoturargoh bo‘ladi.

Реклама на Unews

Bu talabni qo‘yganimiz sababi ma’lum – hudud hamisha avtomobillar bilan gavjum, atrofda turli tashkilotlar ko‘p, ayniqsa yoz oylarida sayilgohga keluvchilar ko‘p bo‘ladi. Shu paytgacha sobiq avtoturargohda 180ta avtomobil uchun o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, qurish bitganidan so‘ng 250ta avtomobil uchun o‘rin qilinadi va eng muhimi tashrif buyuruvchilar bu joylardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Demak, xavotirlarga o‘rin yo‘q, qurilish yakuniga ko‘ra avtoturargoh nafaqat yo‘qolmaydi, balki sig‘imi kengayadi», deydi Furqat Mahmudxo‘jayev. 

Hokimlik vakili maydon nega ochiq auksionga chiqarilmay qaror bilan berilgani haqidagi savolga ham javob berdi.

Реклама на Unews

«Qaror sanasiga e’tibor bersangiz bir yildan ortiq vaqt o‘tgan. Investor qurilishni ancha kech boshlagani shunday tushunmovchiliklar keltirib chiqardi», deydi u.

O‘zbekistonlik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusi shtammlari genini aniqladilar

AQSh olimlari COVID-19 vaksinasini odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o'tganligini e'lon qildi!

Xitoy Rossiya bilan chegarada 108 million fuqarosini karantinga oldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий