19 may soat 6:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2791 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Kechaning o`zida 67 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig` bo`lib, sog`ayganlar soni 2314 nafarga etdi. Bu bilan davolanish ko`rsatkichi esa 82 foizni tashkil qilmoqda. Ayni paytda 464 nafar bemor davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, kecha, koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi, bu O`zbekistondagi 13-o`lim holati bo`ldi.

Реклама на Unews

Koronavirus yuqtirganlikda gumonlanib  karantinga olingan "Bilayn" kompaniyasida xodimi Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 62-oilaviy poliklinikaga kelgani sababli poliklinika ham karantiga yopildi.

 Samarqandda karantin tartiblari yumshatilmasligi ma`lum qilindi.

Kecha O`zbekiston aeroportlari ochildi: narxlardagi o`zgarish va yolg`iz uchish shartlari ma`lum qilindi. Karantindan keyin birinchi samolyot Urganchga parvoz qildi.

Реклама на Unews

Avia va temir yo`l xizmatidan foydalanish istagida bo`lgan yo`lovchilardan koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi qo`yilgan edi. Shunga ko`ra, kecha yo`lovchilar koronavirus tahlili ma`lumotnomasini qaerdan, qanchaga olishi ma`lum qilindi. Biroq, ko`plab noroziliklar yuzaga kelgach, kunning ikkinchi qismida Respublika maxsus komissiyasining mahalliy avia va temir yo`l qatnovi uchun yo`lovchilardan koronavirusga test topshirish talabi bekor qilindi

Karantin sabab ishsiz qolgan 236 nafar qashqadaryolik ustalar Toshkentga ishlash uchun yuborildi.

Pandemiya sabab Qozog`iston chegarasida to`plangan 800 fuqaroga O`zbekistonga o`tishi uchun ruxsat berildi.

Olimlarimiz O`zbekistondagi bemorlarning SARS-CoV-2 koronavirusi shtammlari genini aniqladilar.

Avvalroq, Samarqandda 34 kishiga koronavirus yuqishiga sababchi bo`lgan tibbiyot xodimiga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi, kecha Sog`liqni saqlash vazirining Bosh prokurorga qilgan murojaati asosida bekor qilindi.

Bugun, 19 mayda Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina yaratildi

Xitoy koronavirusdan jabr ko‘rgan mamlakatlar uchun 2 mlrd dollar ajratadi

Ertaga, 19 mayda Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий