Rasmiy bayonot: "O’zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan 8 nafari og‘ir ahvolda"

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:  Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 2652 bemor ro‘yxatga olingan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma'lumotga ko‘ra, oxirgi bir kunni o‘zida yana 60 bemor tuzalgan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. SHunday qilib, jami 2136 nafar ya'ni 80 foiz bemor to‘liq sog‘aygan. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz dunyo bo‘yicha ushbu kasallikdan sog‘ayish darajasi 37 foizdan bir muncha ortiqroq. Bizdagi ijobiy o‘zgarishlar, albatta, barchamizni quvontiradi. SHifoxonalarda davolanayotgan 505 bemordan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.

Karantin tadbirlari davom etyapti. 46 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Oxirgi bir kunni o‘zida 14 ming 700 dan, jami 460 mingdan ko‘proq holatda laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan.

KHurmatli yurtdoshlar!

Respublika komissiyasi tomonidan karantin muddati 1 iyunga qadar uzaytirilganidan xabar topdingiz. Karantin tadbirlari yumshatilgan bo‘lishiga qaramasdan biz unga rioya etishimiz kerak. Qachonki, karantin tadbirlariga rioya etsakkina, vaziyatni barqaror ushlab qolishimiz mumkin bo‘ladi. Ortiqcha muloqotlar, ortiqcha ehtiyotsizlik yana kasallik avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Buni hech qachon yoddan chiqarmang.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Sardoba tumanida masjid quradi (foto)

Samara viloyatida o‘zbekistonliklar uchun lager-observator tashkil etildi

Реклама на Unews

AQSHda koronavirus bilan kasallangan kishilar soni 1,4 milliondan oshib ketdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий