Samara viloyatida o‘zbekistonliklar uchun lager-observator tashkil etildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Rossiyaning Samara viloyatida uyiga qaytish uchun Bolshechernigov tumanida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolari uchun lager-observator tashkil etildi. Bu haqda Samara DTRK xabar berdi, deb "Qalampir.uz" nashri yozmoqda.

“Mintaqa hokimiyati ushbu fuqarolarning o‘zini yakkalashi masalasini hal qilish va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun lager-observator tashkil qilishga majbur bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari chegaraning ochilishi haqidagi yolg‘onga ishonib, chegaraoldi hududga kelgan. 14 may holatiga chegara hududida 606 nafar o‘zbekistonlik to‘plangan. Ularning orasida 49 nafar ayol va 9 nafar bola ham bor. Ular Rossiyaning turli hududlaridan 91 ta yengil avtomobil, 7 ta mikroavtobus va 2 ta avtobusda kelgan.

Реклама на Unews

Chegarada to‘plangan o‘zbekistonliklar Qozog‘iston orqali o‘tish uchun yo‘lak tashkillashtirilishini iltimos qilishmoqda. Ayni vaqtda bu masala bo‘yicha biror qaror qabul qilinmagan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 mayigacha O‘zbekiston Rossiyaning turli hududlaridagi fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun charter reyslar amalga oshiradi. Shunday reyslar boshqa davlatlarga ham amalga oshiriladi. Turli anglashilmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun chiptalarning narxlari ham e’lon qilingan.

Реклама на Unews

 AQSHda koronavirus bilan kasallangan kishilar soni 1,4 milliondan oshib ketdi

Ana xolos! Mushuklar bir-biriga koronavirus yuqtirishi mumkin

Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий