Asalhoneyning o‘z uyida kaltaklanishi va tanasi skotchlab ketilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi (video)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

 

 Toshkent shahar IIBB axborot xizmati Asalhoneyni urib, tanasi skotchlab ketilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha talonchilar jabrlanuvchining uyiga kirib olish uchun gul yetkazib berish xizmatidan kelganliklari, «dostavka» qog‘oziga imzo qo‘yish zarurligini aytgan. Ayol eshikni ochishi bilan uni urib, ichkariga kirgan va Asalhoneyga tahdid qilib, skotch bilan bog‘lagan, uning 220 AQSH dollari hamda bir million so‘m miqdoridagi pullarini olgan.

Tezkor harakatlar natijasida talonchilar voqea joyida qo‘lga olingan. Jinoyatni 1993 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashovchi A. hamda uning sherigi 1993 yilda tug‘ilgan, Toshkentda istiqomat qiluvchi B. bilan til biriktirib amalga oshirishga uringan.

A.ning aytishicha u uydagi yana bir ayolni bog‘lab ishni bitirib ketishni ko‘zlagan, sherigi esa bu vaqtda xonadonni tark etishga ulgurgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib  borilmoqda.

Реклама на Unews

Avval internetda Asalhoney nomi bilan tanilgan X.M. ismli ayol 5 may oqshomida o‘zi yashaydigan uyda bir erkakning hujumiga uchragani, voqea joyiga yetib kelgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalon 1-otryadi xodimlari talonchini ushlagani va u Toshkent shahar Uchtepa tumani Peshqadam ko‘chasida yashovchi A. ekanligi, u muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangani xabar qilingandi.

Fuqaro X.M.ning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yuz bergan voqea yuzasidan videoxabar qoldirgan. Uning ta’kidlashicha, gumon qilinuvchi ijtimoiy tarmoqda jabrlanuvchining katta miqdordagi pul bilan tushgan suratlarini ko‘rib, shu pullarga ega bo‘lish maqsadida uning uyiga kelgan va ayolga hujum qilgan.

 

 

Реклама на Unews

Uxanda koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda

La Ligaga qachon start berilishi ma’lum bo‘ldi

O'zbekistonda karantin rejimi bekor bo'ldimi? 11 maydan bo'ladigan o'zgarishlari...

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий