O‘zbekistonda ertaga yomg‘ir va kuchli shamol kutilmoqda

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

«O‘zgidromet» 8 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Реклама на Unews

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Реклама на Unews

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Prezident pandemiya xavfidan yana bir bor ogohlantirdi

Dunyo musulmonlari tutayotgan ro‘za vaqtlari qancha farq borligini bilasizmi?

Putin Qozog‘iston prezidenti bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий